«Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–122-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Oliy kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
07.07.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi «Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–122-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Oliy kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga universitet rektori, Oliy kengash raisi Baxodir Mirzaev raislik qildi. Unda Suv xo‘jaligi vaziring birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xorijiy universitetlarda faoliyat yuritayotgan bitiruvchi professorlarimiz, ilmiy markazlar, xalqaro moliya institutlari, yirik ishlab chiqarish korxonalari hamda universitet vakillaridan iborat Oliy kengash a’zolari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda universitet Oliy kengashining Nizomi
va ish rejasi tasdiqlandi. Shuningdek, universitetni 2030 yilgacha rivojlantirish
strategiyasi hamda uni dunyoning TOP–300 universitetlari qatoriga kiritish bo‘yicha
ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Kun tartibidagi yana bir muhim masala sifatida universitetda
tahsil olayotgan iqtidorli, tashabbuskor hamda ta’lim, ilm-fan, innovatsiya va jamoatchilik
faoliyatida yuqori natijalarga erishayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab 9 ta nomdor maxsus stipendiyani ta’sis etish to‘g‘risida
qaror qabul qilindi.
Xususan, quyidagi maxsus stipendiyalar ta’sis
etildi:
- O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov nomidagi maxsus stipendiya – fakultetlarga
va magistratura talabalari uchun;
- Professor
O‘ktam Umurzakov nomidagi maxsus stipendiya – Iqtisodiyot fakulteti uchun;
- Professor Saidrahmon Mirzaev nomidagi maxsus stipendiya – Ekologiya
va huquq fakulteti uchun;
- Professor Salim Po‘latov nomidagi maxsus stipendiya –Qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash fakulteti uchun;
- Professor Abdurahmon Rajabov nomidagi maxsus stipendiya – Energetika
fakulteti uchun;
- Professor Aleksandr Rachinskiy nomidagi maxsus stipendiya – Magistratura
talabalari uchun;
- Professor Abdulla Abdurazzoqov nomidagi
maxsus stipendiya – Yer resurslari va kadastr fakulteti uchun;
-Professor Farid Rahimbaev nomidagi maxsus stipendiya – Gidromelioratsiya
fakulteti uchun;
- Professor Elchi Fayzibaev nomidagi maxsus stipendiya -Gidrotexnika qurilishi
fakulteti 1 ta;
Yig‘ilish yakunida qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash hamda belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar
berildi.