«Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–122-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Oliy kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

07.07.2026

#Rektordan #Ta`lim #Yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi «Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–122-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Oliy kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga universitet rektori, Oliy kengash raisi Baxodir Mirzaev raislik qildi. Unda Suv xo‘jaligi vaziring birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xorijiy universitetlarda faoliyat yuritayotgan bitiruvchi professorlarimiz, ilmiy markazlar, xalqaro moliya institutlari, yirik ishlab chiqarish korxonalari hamda universitet vakillaridan iborat Oliy kengash a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda universitet Oliy kengashining Nizomi va ish rejasi tasdiqlandi. Shuningdek, universitetni 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi hamda uni dunyoning TOP–300 universitetlari qatoriga kiritish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Kun tartibidagi yana bir muhim masala sifatida universitetda tahsil olayotgan iqtidorli, tashabbuskor hamda ta’lim, ilm-fan, innovatsiya va jamoatchilik faoliyatida yuqori natijalarga erishayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab 9 ta nomdor maxsus stipendiyani ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Xususan, quyidagi maxsus stipendiyalar ta’sis etildi:

- O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov nomidagi maxsus stipendiyafakultetlarga va magistratura talabalari uchun;

 

- Professor O‘ktam Umurzakov nomidagi maxsus stipendiyaIqtisodiyot fakulteti uchun;

- Professor Saidrahmon Mirzaev nomidagi maxsus stipendiyaEkologiya va huquq fakulteti uchun;

- Professor Salim Po‘latov nomidagi maxsus stipendiyaQishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti uchun;

- Professor Abdurahmon Rajabov nomidagi maxsus stipendiyaEnergetika fakulteti uchun;

- Professor Aleksandr Rachinskiy nomidagi maxsus stipendiyaMagistratura talabalari uchun;

- Professor Abdulla Abdurazzoqov nomidagi maxsus stipendiya – Yer resurslari va kadastr fakulteti uchun;

-Professor Farid Rahimbaev nomidagi maxsus stipendiyaGidromelioratsiya fakulteti uchun;

- Professor Elchi Fayzibaev nomidagi maxsus stipendiya -Gidrotexnika qurilishi fakulteti 1 ta;

Yigilish yakunida qabul qilingan qarorlar ijrosini taminlash hamda belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan masullarga tegishli topshiriqlar berildi.