Nazariya va amaliyot uyg‘unligi

06.07.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Joriy yilning 2-3 iyul kunlari Turkmaniston Respublikasi S.A.Niyozov nomidagi Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining bir guruh talabalari amaliyoti doirasida “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” moduli bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil qilindi. Mashg‘ulotlarga “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasining yetakchi professor-o‘qituvchilar dots.I.J.Xudayev, dots.A.U.Atajanov, dots.F.A.Bekchanov, assistentlar M.O.Xolbo‘tayev, Sh.G.Botirovlar hamda o‘quv-yordamchi xodimlar S.T.Meliqulov va B.E.Ilesbayevlar jalb qilindi.

Mashg‘ulotlarda sohada qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlar, shu jumladan qurilish va melioratsiya mashinalari hamda ularni yangi avlodini yaratishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida WZ30-25 ekskavator-yuklagichi va LiuGong W915E ekskavatorini boshqarish bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nimkmalar shakllantirildi. Talabalar mustaqil ravishda instruktor-o‘qituvchi rahbarligida mashinani boshqarish, ish jihozlarini ishlatish bo‘yicha qator texnologik amallarni bajardi.

“Ko‘tarish – tashish mashinalari gidravlik yuritmasi” o‘quv-tadqiqot kolmpleksi va Gidrotizimlarni sinash NTS -11-36 MU  laboratoriya stendlarida qurilish va melioratsiya mashinalari gidroyuritmalari elementlari texnik holatini baholashga doir laboratoriya ishlari o‘tkazildi. «Ekckavator-yuklagich simulatori» o‘quv trenajyori, Buldozer o‘quv trenajer – simulyatori va Avtogreyder o‘quv trenajer – simulyatori yordamida gidromeliorativ ishlarni bajarish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

 

GIM kafedrasi mudiri B.X.Norov ma’lumoti