Bitiruvchi 2026 Sirtqi ta’lim

03.07.2026

#Rektordan #Ta`lim #Yangilik

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida 15 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’limni muvaffaqiyatli tamomlagan 1234 nafar bitiruvchi uchun tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida 1234 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilib, ularning mehnat faoliyati bilan bir qatorda ta’lim olish yo‘lidagi intilishi, sabr-toqati va erishgan yutuqlari munosib e’tirof etildi.

Tabrik so‘zlarida sirtqi ta’lim bitiruvchilari egallagan bilim va ko‘nikmalarini kasbiy faoliyatlarida samarali qo‘llab, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlariga ishonch bildirildi.

Bitiruvchilarimizni ushbu qutlug‘ kun bilan samimiy tabriklab, ularga mustahkam salomatlik, kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar va yurtimiz ravnaqi yo‘lida ezgu zafarlar tilaymiz!