TIQXMMI MTU doktorantlari Toshkent shahar hokimiyati tomonidan e’tirof etildi

01.07.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim #Yangilik

Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent shahar hokimiyati hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ta’lim, ilm-fan, innovatsiya va yoshlar faolligiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faol yoshlar taqdirlandi.

Quvonarlisi, ushbu e’tirofga ilmiy va innovatsion faoliyati, yosh avlodga namuna bo‘layotgan tashabbuslari hamda ta’lim sohasidagi amaliy ishlari uchun TIQXMMI MTU doktorantlari — Ozodov E’zoz, hamda Sayfulla Qodirov ham sazovor bo‘ldilar.

Mazkur mukofot ularning ilm-fan va innovatsiyalar yo‘lidagi izlanishlari, zamonaviy ta’limni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi hamda yoshlarni yangi g‘oyalar sari ilhomlantirishdagi faol mehnatining munosib e’tirofidir.

Bu kabi yutuqlar nafaqat shaxsiy muvaffaqiyat, balki mamlakatimizda yosh olimlar va innovatorlarga berilayotgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasidir.