Bitiruvchi 2026 ”Ekologiya va huquq” fakulteti

01.07.2026

#Rektordan #Yangilik #Ta`lim


“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Ekologiya va huquq fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan 132 nafar bitiruvchi uchun tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirilib, ularning talabalik yillaridagi mehnati, izlanishlari va erishgan yutuqlari munosib e’tirof etildi.

Tadbir davomida ustozlar bitiruvchilarni ushbu qutlug‘ ayyom bilan samimiy tabriklab, ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar. Ta’kidlanganidek, fakultetda egallangan chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar bitiruvchilarning ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda jamiyat taraqqiyoti yo‘lida munosib faoliyat yuritishiga mustahkam zamin yaratadi.

Bayramona ruhda o‘tgan tadbirda ustozlar, ota-onalar va yaqinlar bitiruvchilarning quvonchli onlariga sherik bo‘lib, ularga ezgu tilaklar bildirdilar.