Bitiruvchi 2026 ”Ekologiya va huquq” fakulteti
01.07.2026
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Ekologiya va huquq fakultetini
muvaffaqiyatli tamomlagan 132 nafar bitiruvchi uchun tantanali diplom topshirish
marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirilib, ularning talabalik yillaridagi
mehnati, izlanishlari va erishgan yutuqlari munosib e’tirof etildi.
Tadbir davomida ustozlar bitiruvchilarni ushbu qutlug‘ ayyom bilan samimiy tabriklab,
ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar. Ta’kidlanganidek,
fakultetda egallangan chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar bitiruvchilarning
ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, qonun ustuvorligini
ta’minlash hamda jamiyat taraqqiyoti yo‘lida munosib faoliyat yuritishiga mustahkam
zamin yaratadi.
Bayramona ruhda o‘tgan tadbirda ustozlar, ota-onalar va yaqinlar bitiruvchilarning
quvonchli onlariga sherik bo‘lib, ularga ezgu tilaklar bildirdilar.