Bitiruvchi 2026 Magistratura

30.06.2026

#Rektordan #Yangilik #Ta`lim #Ma`naviy va tashkiliy

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida magistratura ta’lim bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan 123 nafar bitiruvchi uchun tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda universitet rektori ishtirok etib, bitiruvchilarni ushbu quvonchli va unutilmas kun bilan samimiy muborakbod etdi. Tabrik so‘zlarida magistratura bitiruvchilarining mamlakatimiz ilm-fani, ta’lim tizimi va iqtisodiyotning turli sohalarida yuksak malakali mutaxassis hamda ilmiy kadrlar sifatida munosib o‘rin egallashiga ishonch bildirildi. Yoshlarga kelgusi faoliyatida yangi yutuqlar, ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyat va yuksak zafarlar tilab o‘tildi. Tadbir davomida 123 nafar magistratura bitiruvchisiga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Bayramona muhitda o‘tgan tadbirda bitiruvchilarga ezgu tilaklar bildirilib, ularning kelajakda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch izhor etildi.