Bitiruvchi 2026 “Energetika” fakulteti
29.06.2026
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Energetika” fakultetida 118 nafar bitiruvchi uchun “Bitiruvchi 2026” tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda bitiruvchilarga diplomlar universitet rahbariyati tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Ko‘p yillik izlanish, mehnat va intilishlar samarasi sifatida qo‘lga kiritilgan ushbu hujjatlar yosh mutaxassislar uchun katta mas’uliyat va yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
Marosim davomida ustozlar bitiruvchilarga samimiy tilaklar bildirib, egallangan bilim va tajribani amaliyotda samarali qo‘llash, soha taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish hamda yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilishlarini tiladilar. Quvonchli uchrashuvlar, esdalik suratlari va samimiy tabriklarga boy bo‘lgan ushbu kun barcha ishtirokchilar uchun unutilmas bayramga aylandi.