Ishlab chiqarish amaliyoti
29.06.2026
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 3-kurs talabalari Belarus
Respublikasidagi Minsk traktor zavodida ishlab chiqarish amaliyoti qizg‘in
davom etmoqda. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani
Q.Shavazov talabalarni sharoitidan xabar olish maqsadida 2026-yil 27-iyun kuni
zavodga tashrif buyurdilar. Amaliyot davomida talabalar zamonaviy qishloq
xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik liniyalar,
yig‘uv ishlari hamda sifat nazorati tizimi bilan yaqindan tanishayotganligiga
guvoh bo‘ldilar.
Shu bilan
birga Q.Shavazov talabalarni yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishib,
barcha sharoitlar yetarli ekanligiga kuzdan kechirdi. Tashrif davomida
talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning amaliyot jarayoni,
yaratilgan sharoitlar va kelgusidagi rejalari muhokama qilindi.
Shuningdek,
fakultet dekani talabalar uchun o‘zbek milliy taomi - osh tayyorlab, dasturxon
atrofida ular bilan samimiy muloqot qildi. Bu esa talabalarga yurt mehri va
ustozlar e’tiborini yanada chuqur his etish imkonini berdi. Bunday uchrashuvlar
talabalarning ma’naviy ruhiyatini ko‘tarish, ularni qo‘llab-quvvatlash va xorijdagi
amaliyotni yanada samarali o‘tashlariga xizmat qiladi.
Mazkur amaliy tashrif talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash, xalqaro ishlab chiqarish tajribasini o‘zlashtirish hamda universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov Axboroti
Universitet matbuot xizmati