Bitiruvchi 2026 “Yer resurslari va kadastr” fakulteti

29.06.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Rektordan #Ta`lim


“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Yer resurslari va kadastr” fakultetida 180 nafar bitiruvchi uchun “Bitiruvchi 2026” tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda fakultet bitiruvchilariga diplomlar universitet rahbariyati tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Yillar davomida egallangan bilim va amaliy ko‘nikmalarning munosib e’tirofi bo‘lgan ushbu kun yoshlar uchun hayotning yangi bosqichini boshlab berdi.

Tadbir davomida bitiruvchilarga kelgusi kasbiy faoliyatlarida yuksak natijalarga erishish, Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilish va o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lish tilaklari bildirildi. Quvonch, faxr va samimiy tabriklarga boy bo‘lgan marosim barcha ishtirokchilar xotirasida unutilmas kun sifatida muhrlandi.