Xitoy delegatsiyasining universitet laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi

29.06.2026

#Ta`lim #Xalqaro hamkorlik #Yangilik

Toshkent, 2026-yil 25-iyun. "TIQXMMI"milliy tadqiqot universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Tianjin Yengil Sanoat Kasbiy-Texnik Kolleji (TLIVTC) delegatsiyasi rasmiy tashrif buyurdi. Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va ilmiy-ta’limiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Delegatsiyaga Tianjin Yengil Sanoat Kasbiy-Texnik Kolleji direktori Yunmei Li boshchilik qildi. Delegatsiya tarkibidan Elektronika, axborot va avtomatlashtirish maktabi direktori Chunmei Wang, Xalqaro almashinuv va hamkorlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Menglong Zhang, shuningdek, Tianjin Sena Technology, Neusoft Ruixin Technology Group hamda Jiangsu Weichuangjing Group kompaniyalari vakillari o‘rin oldi.

Tashrif doirasida mehmonlar Universitetning Energetika fakulteti “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi huzuridagi zamonaviy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Laboratoriyalarning zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlanganligi, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quv-uslubiy ta’minot darajasi delegatsiya a’zolarida katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, delegatsiya vakillari kafedra professor-o‘qituvchilari va laboratoriya xodimlari bilan muloqot o‘tkazib, ta’lim jarayonini tashkil etish, laboratoriya bazasini rivojlantirish hamda zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha tajriba almashdilar.

Tanishuv yakunida Tianjin Yengil Sanoat Kasbiy-Texnik Kolleji vakillari professor-o‘qituvchilarini Tianjin shahridagi ilg‘or laboratoriyalar faoliyati bilan tanishish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida Xitoyga taklif etdilar.