Bitiruvchi 2026, “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti

26.06.2026

#Ma`naviy va tashkiliy

 “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Gidrotexnika qurilishi” fakultetida 107 nafar bitiruvchi uchun “Bitiruvchi 2026” tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda fakultetni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga diplomlar universitet rahbariyati tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Bitiruvchilarning ta’lim davomida erishgan yutuqlari e’tirof etilib, ularning kelgusi mehnat faoliyatiga yuksak ishonch bildirildi.

 Tadbir davomida bitiruvchilar o‘z ustozlari bilan talabalik yillarining eng yorqin xotiralarini yodga oldilar. Ota-onalar va mehmonlar ishtirokida kechgan quvonchli muhit, samimiy tabriklar hamda ezgu tilaklar ushbu kunga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Bitiruvchilar uchun bu marosim yangi hayot sari qo‘yilgan muhim qadam sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.