Bitiruvchi 2026 , “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti

26.06.2026

#Ma`naviy va tashkiliy

 “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetida 90 nafar bitiruvchi uchun “Bitiruvchi 2026” tantanali diplom topshirish marosimi tashkil etildi.

Tadbirda universitet rahbariyati bitiruvchilarni ushbu muhim bosqich bilan samimiy qutlab, ularga diplomlarni tantanali ravishda topshirdi. Shuningdek, yosh mutaxassislarga kasbiy faoliyatda yuksak natijalarga erishish, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolindi.

Marosim davomida bitiruvchilar, ustozlar va ota-onalar ishtirokida quvonchli va hayajonli lahzalar hukm surdi. Esdalik suratlari, samimiy tabriklar va ezgu tilaklar bilan o‘tgan ushbu kun barcha ishtirokchilar xotirasida yorqin iz qoldirdi.