"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti talaba-yoshlari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi

26.06.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan "Dolzarb-90 kunlik" dasturi doirasida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti talaba-yoshlari hamda professor-o‘qituvchilari uchun tarixiy-madaniy maskanlarga ma'rifiy tashriflar tashkil etildi.

Joriy yilning 26-iyun kuni universitetning 100 nafar talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida ishtirokchilar milliy davlatchiligimiz tarixi, Amir Temur va temuriylar davrining boy ilmiy-ma'naviy merosi hamda tarixiy ahamiyatga ega noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur ma'rifiy tadbir yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.