“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti magistranti Xitoyning nufuzli Zhejiang universitetida stajirovka o‘tamoqda

25.06.2026

#Yangilik #Ta`lim #Ma`naviy va tashkiliy

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti yosh olimlarining xalqaro miqyosdagi ilmiy aloqalari va tajriba almashish jarayonlari izchil davom etmoqda.

Universitetimizning “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi magistranti Elbek Shafoatov ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasining sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan, muhandislik va texnologiya yo‘nalishlariga ixtisoslashgan nufuzli Zhejiang texnologiya davlat universitetida (Zhejiang University of Technology) o‘z ilmiy stajirovkasini olib bormoqda.

Yosh tadqiqotchimiz mazkur universitetda sun’iy intellekt, fazoviy ma’lumotlar intellekti (Spatio-temporal Intelligence) hamda barqaror rivojlanish (Sustainable Development) yo‘nalishlarida xalqaro tajriba o‘rganmoqda. Stajirovka davomida zamonaviy geoinformatsion tizimlar va masofadan zondlash texnologiyalarini gidromelioratsiya sohasiga tatbiq etish bo‘yicha xorijlik mutaxassislar bilan birgalikda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu xalqaro stajirovka universitetimiz magistrantlarining dunyo miqyosidagi ilg‘or texnologiyalar bilan yaqindan tanishishi hamda kelgusida yurtimiz qishloq va suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirishga munosib hissa qo‘shishi uchun xizmat qiladi.