“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti magistranti Xitoyning nufuzli Zhejiang universitetida stajirovka o‘tamoqda
25.06.2026
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti yosh olimlarining xalqaro miqyosdagi ilmiy aloqalari va tajriba almashish jarayonlari izchil davom etmoqda.
Universitetimizning “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish”
kafedrasi magistranti Elbek Shafoatov
ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasining sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan, muhandislik
va texnologiya yo‘nalishlariga ixtisoslashgan nufuzli Zhejiang texnologiya
davlat universitetida
(Zhejiang University of Technology) o‘z ilmiy stajirovkasini olib
bormoqda.
Yosh tadqiqotchimiz
mazkur universitetda sun’iy intellekt,
fazoviy ma’lumotlar intellekti (Spatio-temporal Intelligence) hamda barqaror
rivojlanish (Sustainable Development) yo‘nalishlarida xalqaro tajriba
o‘rganmoqda. Stajirovka davomida zamonaviy geoinformatsion tizimlar va
masofadan zondlash texnologiyalarini gidromelioratsiya sohasiga tatbiq etish
bo‘yicha xorijlik mutaxassislar bilan birgalikda ilmiy izlanishlar olib
borilmoqda. Ushbu xalqaro stajirovka
universitetimiz magistrantlarining dunyo miqyosidagi ilg‘or texnologiyalar
bilan yaqindan tanishishi hamda kelgusida yurtimiz qishloq va suv xo‘jaligi
sohasini raqamlashtirishga munosib hissa qo‘shishi uchun xizmat qiladi.