Koreya-O’zbekiston yozgi maktabining ikkinchi kunida amaliy mashg‘ulotlar davom etdi
25.06.2026
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan 2026 LUPIC – Global Service-Learning: Learn to Share, Share to Learn Summer School xalqaro yozgi maktabi doirasidagi IT va Beauty Course dasturining ikkinchi kuni mazmunli va amaliy mashg‘ulotlarga boy tarzda o‘tdi.
Tadbirda
Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan mutaxassislar bilan bir qatorda universitet
professor-o‘qituvchilari, jumladan, professorlar Zuxra Ismailova, Dilrabo
Muqumova, Durdona Mustafoyeva, Gulmira Baykunusova, PhD Indira Raximova,
PhD Gulnora Ziyavutdinova, tyutor Gulchexra Axmadjonova,
universitet psixologi Dilafruz Yusupova, “Professional ta’lim”
kafedrasi professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, talaba-qizlar hamda
mahallalarda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar faol ishtirok etdilar.
Mashg‘ulotlarning
birinchi qismida koreyalik ekspertlar tomonidan go‘zallik industriyasining
zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi. Unda yuz
terisini to‘g‘ri parvarishlash, yuzni professional tozalash usullari,
teri turiga mos kosmetik vositalarni tanlash, kremlardan samarali
foydalanish, kundalik va professional makiyaj sirlari hamda sog‘lom va
jozibador tashqi ko‘rinishni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar
berildi.
Ishtirokchilar
Koreya go‘zallik industriyasida qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalar bilan
tanishib, kosmetologiya va estetik parvarish yo‘nalishlaridagi zamonaviy
yondashuvlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mashg‘ulotlar
davomida nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalarni
shakllantirishga ham alohida e’tibor qaratildi.
Kunning
ikkinchi yarmida esa workshop formatidagi interaktiv mashg‘ulotlar
tashkil etildi. Ishtirokchilar kichik guruhlarga bo‘lingan holda shaxsiy rang aniqlash, yuz tuzilishi va tashqi
ko‘rinishga mos makiyaj tanlash, manikyur va qo‘l parvarishi, qo‘l
massaji, soch turmaklari yaratish, parikmaxerlik sirlarini o‘rganish
hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish madaniyati bo‘yicha amaliy mashqlarni
bajardilar.
Shuningdek,
seminar-treninglarda go‘zallik xizmatlari sohasida faoliyat yuritish, shaxsiy
brend yaratish, mijozlar bazasini shakllantirish, xizmatlar sifatini oshirish
va zamonaviy marketing vositalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bu esa ishtirokchilarga BEAUTY industriyasida o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish va
tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun muhim bilim va ko‘nikmalarni egallash
imkonini yaratmoqda.
Mashg‘ulotlar
davomida universitet huzuridagi Digital Education Innovation Support Centre
(DEISC) markaziga LUPIC loyihasi doirasida keltirilgan zamonaviy uskunalar
va innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanildi. Bu esa ishtirokchilarga
xalqaro standartlar asosida amaliy tajriba orttirish imkoniyatini bermoqda.
Mazkur Beauty Course dasturi yoshlar va xotin-qizlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Janubiy Koreya tajribasi asosida tashkil etilayotgan bunday amaliy mashg‘ulotlar ishtirokchilarga yangi imkoniyatlar eshigini ochib, xalqaro tajribani o‘rganish va o‘z faoliyatlarida qo‘llash uchun mustahkam zamin yaratmoqda.