"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti bitiruvchi talabalari “Talaba Expo – 2026” Toshkent mehnat yarmarkasida faol ishtirok etdi
25.06.2026
“Talaba Expo – 2026” mehnat yarmarkasi bitiruvchi talabalarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash, ularning kasbiy salohiyatini namoyon etish hamda ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar respublikadagi yetakchi korxona va tashkilotlar vakillari bilan uchrashib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot va stajirovka dasturlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ular o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish beruvchilar bilan suhbatlar o‘tkazib, kelgusidagi mehnat faoliyatlari uchun muhim aloqalarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
“Talaba Expo – 2026” yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni mehnat bozoriga samarali integratsiya qilishga xizmat qiluvchi muhim maydon hisoblanadi.
Yarmarkada qatnashgan talabalar mazkur tadbir o‘zlari uchun katta tajriba maktabi bo‘lganini, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish orqali kelajakdagi faoliyatlarini aniq belgilab olish imkoniyatiga ega bo‘lganliklarini ta’kidladilar.