"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti “Global Sustainable Devolopment Congress 2026”da ishtirok etmoqda!

24.06.2026

#Rektordan #Reyting

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasi Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkazilayotgan nufuzli Global Sustainable Devolopment Congress (GSDC 2026) xalqaro forumida o‘zining maxsus pavilyoni bilan faol ishtirok etmoqda.

Forumning ilk kunidayoq dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan 27 ta universitet vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, dastlabki hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga erishildi.

Uchrashuvlar davomida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, xalqaro grantlar, akademik almashinuv dasturlari, ilmiy nashrlar va innovatsion loyihalar bo‘yicha istiqbolli hamkorlik yo’nalishlari muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, forum davomida universitetimiz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro reyting natijalari ham e’lon qilinishi kutilmoqda.

Mazkur natijalar nafaqat universitetimiz, balki O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi uchun ham tarixiy ahamiyat kasb etishi mumkin.

Bugungi kunda ko‘plab xorijiy universitetlar va tashkilotlar universitetimiz bilan hamkorlik o‘rnatishga katta qiziqish bildirmoqda. Bunda universitetning xalqaro reytinglardagi yuqori natijalari, ilmiy salohiyati hamda jadal rivojlanayotgan xalqaro nufuzi muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.