DUNYONING TOP-10 UNIVERSITETLARI QATORIDA!

24.06.2026

#Reyting #Xalqaro hamkorlik

THE Impact Rankings 2026 natijalariga ko‘ra, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) bo‘yicha dunyoning eng nufuzli universitetlari safidan joy oldi. 

🥇 SDG 2 – “Zero Hunger” (Ocharchilikka yo‘l qo‘ymaslik) yo‘nalishi bo‘yicha universitetimiz: 

🔹 Dunyo bo‘yicha TOP-10 universitetlar qatoriga kirdi; 

🔹 2025-yildagi 16-o‘rindan 10-o‘ringa ko‘tarildi; 

🔹 O‘zbekiston OTMlari orasida 1-o‘rinni egalladi. 

Bu yutuq universitetimizning ilm-fan, innovatsiya, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi hamda barqaror rivojlanish yo‘nalishlaridagi izchil faoliyati natijasidir. 

Universitet jamoasi, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar va hamkor tashkilotlarni ushbu tarixiy natija bilan samimiy tabriklaymiz!