Bitiruvchi 2026 “Iqtisodiyot” fakulteti
23.06.2026
#Rektordan
#Ta`lim
#Ma`naviy va tashkiliy
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Iqtisodiyot” fakultetida 175 nafar bitiruvchi uchun “Bitiruvchi 2026” tantanali diplom topshirish marosimi o‘tkazildi. Marosimda fakultetni muvaffaqiyat bilan tamomlagan yoshlarga diplomlar universitet rahbariyati tomonidan tantanali tarzda taqdim etildi. Bitiruvchilarning yillar davomida qilgan mehnati va erishgan natijalari ushbu kunning eng asosiy e’tirofi sifatida namoyon bo‘ldi. Tadbir nafaqat rasmiy qismi, balki samimiy uchrashuv va xotiralarga boy lahzalar bilan ham yodda qoldi. Ustozlar va ota-onalarning duolari, tabriklari hamda bitiruvchilarning yangi maqsadlari ushbu kunga yanada mazmun bag‘ishladi.