Ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishda hamkorlik aloqalarini kengaytirish
22.06.2026
Universitetimizda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, shuningdek, yosh avlodni Vatanga sadoqatli, yuksak ma’naviyatli va raqobatbardosh mutaxassislar etib tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati hamda soha rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i I.U. Qurbonov universitet rektorining 133-P/O‘-sonli buyrug‘iga asosan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.Shuningdek boshqarma xodimlariga universitet rektorining tashakurnomalari topshirildi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi bilan o‘zaro hamkorlik doirasida umumiy qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan ilmiy-innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, nasos stansiyalarining ekspluatatsion ish rejimlarini takomillashtirish, nasos agregatlarining texnik diagnostikasini o‘tkazish, yirik nasos stansiyalarini ekspluatatsiya qilish jarayonlarida ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish hamda energiya tejamkor texnologiya va qurilmalarni joriy etishga qaratilgan ilmiy va amaliy yechimlar ishlab chiqilmoqda hamda amaliyotga tatbiq etilmoqda. Mazkur hamkorlik suv xo‘jaligi tizimida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, energiya sarfini qisqartirish va nasos stansiyalarining ishonchli faoliyatini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.