O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi PQ–122-sonli qarori ijrosini ta’minlash
22.06.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi “Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–122-son qarori 5-ilovasi 19-bandi ijrosini samarali ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatida “Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan amaliy tashrif tashkil etildi.Tasdiqlangan yo‘l xaritasiga muvofiq, Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi hamda Talimarjon suv omborida yirik suv omborlarini ekspluatatsiya qilish, nasos agregatlarini modernizatsiya qilish va energetik samaradorlikni oshirish maqsadida energoaudit o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.Seminarda boshqarma mutaxassislari, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda soha vakillari ishtirok etib, suv xo‘jaligi obyektlaridan samarali foydalanish, nasos stansiyalarining ishonchliligi va energiya tejamkorligini ta’minlash bo‘yicha fikr-mulohazalar hamda amaliy takliflar bildirildi.