O‘zbekiston va Koreya yoshlarini birlashtirgan navbatdagi muvaffaqiyat!

22.06.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Korea-Uzbekistan LUPIC GS-L Operation & KOICA Technology Exchange Program doirasida Koreyaning Keimyung College universiteti professorlari va talabalari hamda universitetimizning “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasining professor o’qituvchilari va talabalari hamkorligida navbatdagi almashinuv dasturi boshlandi. Ushbu loyihaning IT yo‘nalishiga kafedra mudiri Rustam Baratov rahbarlik qilmoqda hamda dastur doirasida tomonlar hamkorligida tayyorlangan "O‘zbek milliy taomlari" mavzusidagi videoloyiha muvaffaqiyatli yakunlandi.

Loyiha davomida talabalar nafaqat O‘zbekistonning boy milliy taomlari va madaniy merosini targ‘ib qildilar, balki xalqaro jamoada ishlash, tajriba almashish va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.