Bitiruvchi 2026

22.06.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Rektordan #Ta`lim #Yangilik

"Gidromelioratsiya" fakulteti “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Gidromelioratsiya” fakultetida 134 nafar bitiruvchiga bag‘ishlangan “Bitiruvchi 2026” tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultetni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga diplomlar universitet rahbariyati tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Marosim davomida ta’lim jarayonida yuqori natijalarga erishgan talabalar alohida e’tirof etildi hamda ularning kelgusi faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolindi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda bitiruvchilar, professor-o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etdi. Samimiy tabriklar, esdalik suratlari va quvonchli onlarga boy bo‘lgan ushbu kun yoshlarning hayotidagi yana bir muhim sahifa sifatida muhrlandi.