Bitiruvchi 2026
22.06.2026
"Gidromelioratsiya" fakulteti
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Gidromelioratsiya” fakultetida 134 nafar bitiruvchiga bag‘ishlangan “Bitiruvchi 2026” tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultetni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga
diplomlar universitet rahbariyati tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Marosim
davomida ta’lim jarayonida yuqori natijalarga erishgan talabalar alohida e’tirof
etildi hamda ularning kelgusi faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolindi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda bitiruvchilar, professor-o‘qituvchilar va ota-onalar
ishtirok etdi. Samimiy tabriklar, esdalik suratlari va quvonchli onlarga boy bo‘lgan
ushbu kun yoshlarning hayotidagi yana bir muhim sahifa sifatida muhrlandi.