"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti professorlari “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
22.06.2026
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qaroriga muvofiq, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari ko‘p yillik samarali mehnati, ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan: Mirsaidov Mirziyod – texnika fanlari doktori, professor, akademik; Uralov Baxtiyor Rahmatullayevich – texnika fanlari doktori, professor.
II darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan: Bayzakov Tohir Mirzanovich – texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Universitet jamoasi nomidan ustozlarni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz. Ularga mustahkam sog‘liq, uzoq umr va ilm-fan hamda ta’lim ravnaqi yo‘lidagi faoliyatlarida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz! “Ustozning mehnati – millatning kelajagiga qo‘yilgan eng qimmatli sarmoyadir.”