“TIQXMMI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI QS WORLD UNIVERSITY RANKINGS 2027 REYTINGIDA YANA YUQORI POG‘ONAGA KO‘TARILDI.
19.06.2026
QS World University Rankings 2027 natijalariga ko‘ra, "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti (TIQXMMI MTU) jahon universitetlari orasida 458-o‘rinni egalladi.
Universitet so‘nggi ikki yilda barqaror o‘sishni namoyon etdi: 2025-yilda 547-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2026-yilda 469-o‘ringa, 2027-yil natijalariga ko‘ra esa 458-o‘ringa ko‘tarildi. Shu tariqa universitet ikki yil ichida jahon reytingida 89 pog‘ona yuqorilashga erishdi.
QS reytingiga kiritilgan O‘zbekistonning 6 ta oliy ta’lim muassasasi orasida “TIQXMMI” MTU umumiy ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakatda 1-o‘rinni saqlab qoldi.
Ushbu natijalar universitetda ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik, akademik muhit va bitiruvchilar raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini yaqqol namoyon etmoqda.