TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti vakili BMT tizimidagi qo‘mita yig‘ilishida ishtirok etdi.
18.06.2026
TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, t.f.d., prof. A.Saloxiddinov BMT tizimidagi «Suv va salomatlik» Muvofiqlik Qo‘mitasining saylangan a’zosi sifatida mazkur Qo‘mitaning 2026 yil 16-17 kunlari BMTning Jeneva shahrida joylashgan qarorgohida tashkil etilgan navbatdagi 27-yig‘ilishida ishtirok etdi.
BMTning
«Suv va salomatlik» Muvofiqlik Qo‘mitasining 27-yigilishida Transchegaraviy
suv xavzalari va xalkaro ko‘llardan
foydalanish va ularni muhofaza
qilish
bo‘yicha xalqaro Konvensiyaga
a’zo davlatlar tomonidan:
a)
Mazkur Konvensiya Protokoli doirasida
maqsadli
ko‘rsatkichlar
xamda ularga erishish muddatlarini belgilashda majburiyatlarga muvofiqlik ta’minlanishi;
(b) Protokol talablari asosida hisobotlar takdim
etilishida muvofiqlik
ta’minlanishi;
(c) A’zo davlatlar bilan Protokol talablarini
amalga oshirish masalasida maslahatlar
tashkil etish;
(d) Muvofiklikni ta’minlash jarayonlari bo‘yicha
xabardorlikni
oshirish;
(e) Protokol talablari asosida majburiyatlarning
muvofiqligini
ta’minlashni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Qo‘mita tomonidan muxokama qilingann masalalar yuzasidan Qo‘mitaning faoliyatiga oid xalkaro darajadagi tegishli qarorlar qabul qilindi.