TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti vakili BMT tizimidagi qo‘mita yig‘ilishida ishtirok etdi.

18.06.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim #Xalqaro hamkorlik #Yangilik

TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, t.f.d., prof. A.Saloxiddinov BMT tizimidagi «Suv va salomatlik» Muvofiqlik Qo‘mitasining saylangan a’zosi sifatida mazkur Qo‘mitaning 2026 yil 16-17 kunlari BMTning Jeneva shahrida joylashgan qarorgohida tashkil etilgan navbatdagi 27-yig‘ilishida ishtirok etdi.

BMTning «Suv va salomatlik» Muvofiqlik Qo‘mitasining 27-yigilishida Transchegaraviy suv xavzalari va xalkaro ko‘llardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro Konvensiyaga a’zo davlatlar tomonidan:

a) Mazkur Konvensiya Protokoli doirasida maqsadli ko‘rsatkichlar xamda ularga erishish muddatlarini belgilashda majburiyatlarga muvofiqlik ta’minlanishi;

(b) Protokol talablari asosida hisobotlar takdim etilishida muvofiqlik ta’minlanishi;

(c) A’zo davlatlar bilan Protokol talablarini amalga oshirish masalasida maslahatlar tashkil etish;

(d) Muvofiklikni ta’minlash jarayonlari bo‘yicha xabardorlikni oshirish;

(e) Protokol talablari asosida majburiyatlarning muvofiqligini ta’minlashni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Qo‘mita tomonidan muxokama qilingann masalalar yuzasidan  Qo‘mitaning faoliyatiga oid xalkaro darajadagi tegishli qarorlar qabul qilindi.