“UzCaseService” QK da “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va bitiruv malakaviy ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
17.06.2026
2026-yil 12–15-iyun kunlari “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” , “Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis”, “Qishloq xo‘jaligida inovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash” ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilarining Yakuniy davlat attestatsiyasi hamda Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi yuqori saviyada tashkil etildi. Attestatsiya jarayonlari Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari, soha mutaxassislari va professor-o‘qituvchilar ishtirokida ochiq, shaffof va adolatli tarzda o‘tkazildi. Bitiruvchi talabalar o‘zlarining nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda mutaxassislik bo‘yicha erishgan ilmiy-amaliy natijalarini namoyish etdilar. Komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollarga talabalarning asosli javoblari ularning kasbiy tayyorgarligi yetarli darajada shakllanganligini ko‘rsatdi. Yakuniy davlat attestatsiyasi va bitiruv malakaviy ishlari himoyasi natijalariga ko‘ra, bitiruvchilarning bilim va malakalari munosib baholandi. Fakultet jamoasi barcha bitiruvchilarni ushbu muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabriklaydi hamda ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.