“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori hamda “Iqtisodiyot” fakultetida tahsil olayotgan xorijiy talabalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

17.06.2026

#Rektordan #Ta`lim #Yangilik

Rektor va talabalar o‘rtasidagi ochiq muloqatda 2025/2026 o‘quv yilida davomida ta’lim jarayonida erishilgan natijalar, o‘tkazilgan tanlovlar, ta’lim sifatini oshirish, stipendiya tanlovlarini tashkil etish bo‘yicha fikr muloxazalar bildirildi.

Universitetda 2026/2027 o‘quv yilida talabalarga yaratiladigan imkoniyatlari, jumladan xorijlik talabalar uchun ta’lim grandi dasturining boshlanishi, talabalar turar joyida yaratilishi rejalashtirilgan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, talabalarning fikr muloxazalalri, taklif va tavsiyalari eshitilib, talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

Mazkur uchrashuv talabalar va universitet rahbariyati o‘rtasidagi samarali muloqotni mustahkamlash, talabalarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qildi.