2026 yil 13 iyun kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori hamda “Gidrotexnika qurilishi”fakultetida tahsil olayotgan xorijiy talabalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

17.06.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Rektordan #Ta`lim

Uchrashuv davomida 2025/2026 o‘quv yili yakunlari, ta’lim jarayonida yaratilgan shart-sharoitlar, talabalar turar joylari hamda xorijiy talabalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirib, ta’lim sifati, amaliyot jarayonlari, yashash sharoitlari va xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlari yuzasidan fikr-mulohazalarini bayon etdilar.

Universitet rektori tomonidan barcha murojaatlar diqqat bilan tinglanib, har bir masala bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xorijiy talabalar uchun yanada qulay muhit yaratish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Mazkur uchrashuv talabalar va universitet rahbariyati o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni mustahkamlash hamda xorijiy talabalarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.