2026 yil 13 iyun kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori hamda “Gidrotexnika qurilishi”fakultetida tahsil olayotgan xorijiy talabalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
17.06.2026
Uchrashuv davomida 2025/2026 o‘quv yili yakunlari, ta’lim jarayonida yaratilgan
shart-sharoitlar, talabalar turar joylari hamda xorijiy talabalarni qo‘llab-quvvatlash
borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirib, ta’lim
sifati, amaliyot jarayonlari, yashash sharoitlari va xalqaro dasturlarda ishtirok
etish imkoniyatlari yuzasidan fikr-mulohazalarini bayon etdilar.
Universitet rektori tomonidan barcha murojaatlar diqqat bilan tinglanib, har bir
masala bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xorijiy talabalar
uchun yanada qulay muhit yaratish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.
Mazkur uchrashuv talabalar va universitet rahbariyati o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni
mustahkamlash hamda xorijiy talabalarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga
xizmat qildi.