“Ekologiya va huquq” fakultetining xorijiy talabalari bilan universitet rektorining ochiq muloqoti tashkil etildi.

16.06.2026

#Ta`lim #Yangilik

Joriy yilning 10 iyun kuni universitet rektori va “Ekologiya va huquq” fakultetida tahsil olayotgan xorijiy talabalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida talabalarga shartnoma to‘lovlari, ma’lumotnoma hamda talabalik guvohnomasini olish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mazkur hujjatlarni fakultet dekanati orqali rasmiylashtirish mumkinligi ma’lum qilindi.

Muloqot chog‘ida xorijiy talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, ingliz tili bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil etilgani hamda yangi o‘quv yilidan yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega talabalar uchun rag‘batlantiruvchi stipendiyalar joriy etilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.