2026/2027 o‘quv yili qabul jarayonlarini o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

13.06.2026

#Yangilik

2026-yil 13-iyun kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida “Call center” hamda “Konsultatsiya xonasi” xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda universitet rahbariyati tomonidan qabul jarayonlarini shaffof, adolatli va samarali tashkil etish, abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga axborot-maslahat xizmatlarini ko‘rsatish, murojaatlar bilan ishlashda mas’uliyat va ijro intizomiga qat’iy rioya etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, qabul komissiyasi faoliyatini tashkil etish, “Call center” va “Konsultatsiya xonasi” xodimlarining vazifalari, fuqarolarning murojaatlariga tezkor va asosli javob qaytarish, qabul jarayonlariga oid ma’lumotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida yetkazish bo‘yicha zarur tavsiyalar hamda topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida qabul jarayonlarida qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy amal qilish, fuqarolar bilan muloqot madaniyatini yuksaltirish hamda har bir murojaatni mas’uliyat bilan ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

📌 Eslatib o‘tamiz, universitetda qabul jarayonlari davomida abituriyentlar va ularning ota-onalariga maslahat berish hamda murojaatlarga tezkor javob qaytarish maqsadida “Call center” va “Konsultatsiya xonasi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.