Xitoyning Shandong University of Finance and Economics (SDUFE) Partiya qo‘mitasi raisi Zheng Xiancao rahbarligida delegatsiyasi bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
13.06.2026
Shandong University of Finance and Economics QS dune reytingida #551 bo‘lib, iqtisodiyot, biznes boshqaruvi, xalqaro iqtisodiyot, statistika, raqamli iqtisodiyot, huquq va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab kelmoqda.
Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalar tayyorlash, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar tashkil etish hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va xalqaro dasturlarga taqdim etish masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki universitetda iqtisodiyot, biznes boshqaruvi, statistika va raqamli iqtisodiyot kabi o‘zaro yaqin yo‘nalishlarning mavjudligi kelgusida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun muhim asos bo‘lishi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni bosqichma-bosqich rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va aloqalarni aniq amaliy natijalarga yo‘naltirish yuzasidan kelishuvga erishildi.