“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Turkiyaning Selchuk universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan xalqaro ilmiy loyiha doirasida uchrashuv tashkil etildi.
10.06.2026
Uchrashuv davomida universitet rektori Bahodir Mirzaev mehmonlarga oliygohda ilm-fan, innovatsiya va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan integratsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.
Muzokaralarda Selchuk universiteti professorlari Kuş Recai va Hasan Erdinç Koçer ishtirok etib, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, xalqaro ilmiy nashrlarda hamkorlikda maqolalar e’lon qilish, doktorantlar va yosh olimlar uchun akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida mehmonlar universitetning zamonaviy laboratoriyalari va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati bilan tanishdilar. Xususan, suv xo‘jaligi sohasida raqamli axborot-o‘lchash texnologiyalarini joriy etish, muhandislik yechimlarini takomillashtirish hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish borasidagi ishlarga alohida qiziqish bildirildi.
Tomonlar sug‘orish tizimlarining samaradorligini oshirish, kavitatsiya
jarayonlarini aniqlash va tahlil qilish bo‘yicha ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish,
shuningdek, xalqaro talablarga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash
bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.