Xalqaro ilmiy hamkorlik doirasidagi uchrashuv
10.06.2026
Universitetimizning Elektrotexnika va mexatronika kafedrasi hamda Turkiyaning Selçuk University olimlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan “Identification and Characterization of Cavitation in Irrigation Pumps for a Scale Gradient” mavzusidagi xalqaro ilmiy loyiha doirasida xorijiy mutaxassislar tashrif buyurdi.
Tashrif davomida loyiha ijrosi, ilmiy tadqiqotlarning joriy holati, sug‘orish nasoslarida kavitatsiya jarayonlarini aniqlash va tavsiflash bo‘yicha olib borilayotgan izlanishlar hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Mehmonlar universitetimizning ilmiy laboratoriyalari, zamonaviy tadqiqot uskunalari va olib borilayotgan innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv davomida ikki tomonlama ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirish, qo‘shma ilmiy maqolalar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar almashinuvini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur hamkorlik ilm-fan va ta'lim integratsiyasini mustahkamlash, shuningdek, suv xo‘jaligi va irrigatsiya tizimlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy ilmiy yechimlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.