Raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan 7-sho‘ba ish boshladi

10.06.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim #Yangilik

2026-yil 9-iyun kuni “Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi an’anaviy XXV yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani doirasida “Qishloq va suv xo‘jaligida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy, pedagogik va ma’naviy omillari” mavzusidagi 7-sho‘ba o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur sho‘ba faoliyati qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashning dolzarb masalalarini muhokama qilishga qaratilgan. Yig‘ilishda oliy va professional ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar, magistrantlar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etib, ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha o‘z ilmiy qarashlari va amaliy takliflarini bildirdilar.

Sho‘ba majlisida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni o‘quv jarayoniga joriy etish, mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tinglandi.

Shuningdek, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimini xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish, ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish, dual ta’lim elementlarini keng joriy etish hamda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Anjuman doirasida yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar o‘z ilmiy izlanishlari natijalarini taqdim etib, ta’lim tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish hamda sohaning mavjud muammolariga innovatsion yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy ishlari bilan qatnashdilar. Ma’ruzalar yuzasidan fikr almashish va ilmiy munozaralar tashkil etilgani tadbirning amaliy ahamiyatini yanada oshirdi.

Anjuman ishida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Professional ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalar ham faol ishtirok etib, kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, kasbiy ta’lim sifatini oshirish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Ularning ilmiy ishlari ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalariga bag‘ishlandi.

Sho‘ba faoliyati davomida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda yoshlarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur ilmiy-amaliy anjuman va uning doirasidagi 7-sho‘ba faoliyati qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish hamda mamlakatimizning agrar sohasini barqaror rivojlantirishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.