80 Yoshing muborak!!!
10.06.2026
“Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” boblarimiz bejizga aytishmagan, shu yilning 5-6 iyun kunlari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Yer resurslari va kadastr” fakultetining 80 yillik yubileyiga bag‘ishlab “80 yillik tajriba: yer resurslarini boshqarish va kadastr sohalarida geoinnovatsion (fazoviy) tadqiqotlar istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining rektori prof. B.S.Mirzayev tantali ravishda ochib berdi. Tadbirda butun dunyo va respublikamizdagi yuqori tashkilot, institut va universiteti rahbar va professor-o‘qituvchilari qatnashdilar. Jumladan “Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr Agentligi” “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institute, Davlat kadastrlari palatasi, Nireghaza universiteti (University of Nyíregyháza), Vengriya, Tehron universiteti (University of Tehran), Eron Islom Respublikasi, Sidian universiteti (Xidian university), Xitoy Nanjin axborot fanlari va texnologiyalari universiteti (Nanjing University of Information Science and Technology), Xitoy, S.Seyfullin nomidagi Qozoq agrotexnik tadqiqot universiteti, Qozog‘iston Respublikasi va boshqalar ishtiroq etishdi. Yuqori ruhda tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada yer resurslarini mexanizmlari, kompleks boshqarishning tashkiliy-huquqiy-iqtisodiy geoaxborot tizimlari, masofadan zondlash va kartografiya, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va aqlli qishloq xo‘jaligi, davlat kadastrlari va geofazoviy ma’lumotlar infratuzilmlari, geodeziya, geodezik o‘lchashlar va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishlari bo‘yicha olimlar tamonidan ma’ruzalar olib borildi. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy maqsadi Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarning yer resusrlarini boshqarish va kadastr sohasidagi akademik, professor, tadqiqotchi va mutaxassislarni birlashtirish, kadastr tizimida faoliyat yuritayotgan olimlarni fanlararo yer resusrlarini boshqarish, yer tuzish va kadastr boʻyicha doktorantura va ilmiy izlanishlarga yoʻnaltirish, shuningdek, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan olimlar va mutaxassislarni xalqaro hamjamiyatga jalb etishni kengaytirish, universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlarini integratsiyasini kuchaytirish, xalqaro hamkorlikni rag‘batlantirish, yer resurslaidan foydalanish va boshqarish hamda kadastr tizimi bo‘yicha ta’lim sohasida bilim almashishdan iboratdir.
Universitet
matbuot xizmati