9-iyun kuni "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida Ijtimoiy fanlar sohasida ilmiy maqolalar yozish bo’yicha Yozgi maktab o’z faoliyatini boshladi.

10.06.2026

#Yangilik #Ma`naviy va tashkiliy

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, ERGO Analytics hamda "Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy Tadqiqot Universiteti hamkorligida Scopus va Web of Science bazalarida indekslanuvchi jurnallarda ilmiy maqolalar nashr etishga bag‘ishlangan "Yozgi maktab" tashkil etildi.

“Ijtimoiy va inson kapitalini o‘rganish laboratoriyasi” doirasida tashkil etilgan ushbu dastur tadqiqotchilar uchun muhim ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan intensiv va amaliy dastur bo'lib, kelgusi hafta davomida tadqiqotchilarni mazmunli sessiyalar, foydali tajriba almashinuvi va yangi bilimlar kutmoqda.

Yozgi maktabni Universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Xudayarov Baxtiyor Alimovich  ochib berdilar. Birinchi kun dasturiga muvofiq dastlab, akademik ingliz tili va ilmiy yozuvga bag‘ishlangan mavzular doirasida mentorlar tomonidan ko'nikmalar berilgan bo'lsa, kunning ikkinchi qismida PLS-SEM metodologiyasi bo’yicha nazariy hamda amaliy bilimlar berildi. Ushbu sessiyada model qurish va baholash, ishonchlilik va validlikni tekshirish, strukturaviy bog‘liqliklarni tahlil qilish hamda tadqiqot natijalarini to‘g‘ri taqdim etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yozgi maktab dastur asosida ushbu hafta davomida o'z faoliyatini davom ettiradi.