Kelajak energetika muhandislari uchun amaliy tajriba maktabi: Farg‘onada navbatdagi sayyor dars tashkil etildi

10.06.2026

#Yangilik #Ma`naviy va tashkiliy

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Energetika va Gidromelioratsiya fakultetlari tomonidan hududlarda sayyor darslar tizimli ravishda tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan 2026-yil 9-iyun kuni fakultetlarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan 3-bosqich talabalari uchun Farg'ona viloyati Sirdaryo-So'x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari vа еnеrgеtikа boshqarmasida navbatdagi amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulot viloyat hokimining ilmiy maslahatchisi professor S.Isayev, amaliyot rahbari Bobur Shodiyev va korxonaning mexnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi bulimi, yetakchi muxandisi F.Buribekovlar tomonidan olib borildi. Dars davomida talabalarga transformatorlarga xizmat ko'rsatish, qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan oqilona foydalanish, suv resurslarini boshqarish, irrigatsiya tizimlaridan foydalanish va nazorat qilish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda zamonaviy monitoring vositalaridan foydalanish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Sayyor dars jarayonida talabalar suv xo‘jaligi obyektlari energetika faoliyati, gidrotexnik inshootlarning ishlash prinsiplari va sohada uchrayotgan dolzarb muammolar bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash, mutaxassislar bilan fikr almashish va real ishlab chiqarish jarayonlarini amaliyotda mustahkamlash talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.