Kamtarlikdan kamolga yetgan shoir (Erkin Vohidov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan)
08.06.2026
“Iqtisodiyot” fakulteti “Tillar” kafedrasi dotsentlari G.Jo‘rayeva, D.Asqarov hamda “Ekologiya va huquq” fakulteti talaba yoshlari ishtirokida O‘zbekiston xalq shoiri, dramaturg, mohir tarjimon va davlat arbobi Erkin Vohidov xotirasiga bag‘ishlab, ma’naviy- ma’rifiy, badiiy tadbir o‘tkazdilar.
Tadbirni tashkilotchilar kirish so‘zi bilan ochib, shoirning o‘zbek adabiyoti va milliy ma’naviyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ma’lumot berdilar. Shundan so‘ng shoirning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot namoyish etildi. Taqdimot davomida Erkin Vohidovning bolalik yillari, ijodiy izlanishlari, yaratgan asarlari hamda adabiyotimizdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbirning badiiy qismida talabalar tomonidan shoirning Vatanga muhabbat, insoniylik va ezgulik g‘oyalarini tarannum etuvchi she’rlaridan namunalar ifodali tarzda o‘qib eshittirildi. She’rlar tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi va shoir ijodiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Shuningdek, tadbir davomida milliy raqslar ijro etilib, bayramona kayfiyat yaratildi. Raqs chiqishlari tadbir mazmunini boyitib, ishtirokchilarga estetik zavq bag‘ishladi. Tadbir yakunida Erkin Vohidovning boy adabiy merosi yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.