Ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

08.06.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

"TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti Axborot-resurs markazida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirokida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, ilmiy maqolalarni nashr etish imkoniyatlari, ilmiy axborotlarni samarali izlash usullari hamda MyLoft platformasining imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, bibliografik yozuvlarni shakllantirish, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini xalqaro talablar asosida rasmiylashtirish va UDK indeksini onlayn olish tartibi yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar mutaxassislar tavsiyalari va savol-javoblar orqali ilmiy faoliyatda zamonaviy axborot-resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.