Yer resurslari va kadatsr fakultetining 80 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

08.06.2026

#Yangilik #Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim

2026-yil 5-iyun kuni Yer resurslari va kadastr fakultetining 80 yilligi munosabati bilan “80 yillik tajriba: yer resurslarini boshqarish va kadastr sohalarida geoinnovatsion (fazoviy) tadqiqotlar istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada mahalliy va xorijiy olimlar, mutaxassislar hamda tadqiqotchilar ishtirok etib, yer resurslarini boshqarish, kadastr tizimi va geoinformatsion texnologiyalarning dolzarb masalalari muhokama qilndi.

Tadbirda ishtirok etgan mehmonlar, hamkor tashkilotlar vakillari hamda soha mutaxassislari fakultet jamoasini qutlab, o‘z ezgu tilaklarini bildirdilar.

Tadbir davomida fakultetning bosib o‘tgan yo‘li, erishilgan yutuqlari va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari e’tirof etildi hamda bir guruh faol professor-o‘qituvchilar va xodimlar taqdirlandi.