Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universitetida amaliyot

05.06.2026

#Xalqaro hamkorlik #Ta`lim

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universiteti o‘rtasidagi tuzilgan memorandum asosida qishloq va suv xo‘jaligi sohasida universitetda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida 2026 - yil 15-maydan 1-iyungacha Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash hamda Gidromelioratsiya fakultetlarining 19 nafar talabalari Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universitetida akademik almashinuv dasturi doirasida amaliyotga qatnashib keldi.

Amaliyotning ilk kunlarida Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universiteti rektori Gapurov Allaberdi Kakabayevich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, bundan tashqari O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi R.O.Alimov talabalar bilan uchrashuv o‘tkazib mazmunli suxbat o‘tkazdi. Amaliyot davomidi kunning birinchi yarmida darslar va turli sohaga doir tashkilotlarga borilib ularning ish jarayonlari bilan tashib o‘zlariga kerakli bilimlarni olishdi, kunning ikkinchi yarmida esa talabalarimiz turli turli madaniy meros ob’ektleriga, muzeylarga, madaniy xordiq chiqarish joylariga tashrif buyurishdi.

Ushbu amaliyotda talabalarimiz Turkmaniston Respublikasi talabalar bilan tanashib ularning o‘qish tizimi, va qanday bilimlarga ega bo‘lish kerakligi to‘g‘risida ko‘nikmaga ega bo‘lib kelishdi. Hozirda dunyo yoshlari o‘zlarining g‘oyalari bilan dunyoga chiqishmoqda. Shular qatorida bizning talabalarimiz ham turkman talabalar bilan birgalikda ishlab, o‘qib va tajriba almashib ko‘plab loyihalar qilishga bel bog‘lashdi. O‘zbek-Turkman yoshlari kelajakda birlashib, ilm qilib, birgalikda loyihalar, strat up lar qilib, ikki davlatning nomini dunyoga yanada tanitishga intilishmoqda. Tez kunlarda Yangi O‘zbekiaston gazetasida ham shunday maqola chop qildirish niyatimiz bor.

Ushbu amaliyot talabalarimizga yanada motivatsiya berib, o‘qishga bo‘lgan intilishlari yanada ortdi. Kelajakda shu yoshlar eng kuchli talabalarimizdan biri bo‘lishiga ishonamiz.