Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universitetida amaliyot
05.06.2026
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va
Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universiteti o‘rtasidagi tuzilgan memorandum
asosida qishloq va suv xo‘jaligi sohasida universitetda xalqaro hamkorlikni
yanada kengaytirish maqsadida 2026 - yil 15-maydan 1-iyungacha Qishloq
xo‘jaligini mexanizatsiyalash hamda Gidromelioratsiya fakultetlarining 19 nafar
talabalari Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universitetida akademik almashinuv
dasturi doirasida amaliyotga qatnashib keldi.
Amaliyotning ilk kunlarida Turkmaniston qishloq xo‘jaligi
universiteti rektori Gapurov Allaberdi Kakabayevich bilan uchrashuv bo‘lib
o‘tdi, bundan tashqari O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi R.O.Alimov talabalar
bilan uchrashuv o‘tkazib mazmunli suxbat o‘tkazdi. Amaliyot davomidi kunning
birinchi yarmida darslar va turli sohaga doir tashkilotlarga borilib ularning
ish jarayonlari bilan tashib o‘zlariga kerakli bilimlarni olishdi, kunning
ikkinchi yarmida esa talabalarimiz turli turli madaniy meros ob’ektleriga, muzeylarga,
madaniy xordiq chiqarish joylariga tashrif buyurishdi.
Ushbu amaliyotda talabalarimiz Turkmaniston Respublikasi talabalar bilan tanashib ularning o‘qish tizimi, va
qanday bilimlarga ega bo‘lish kerakligi to‘g‘risida ko‘nikmaga ega bo‘lib
kelishdi. Hozirda dunyo yoshlari o‘zlarining g‘oyalari bilan
dunyoga chiqishmoqda. Shular qatorida bizning talabalarimiz ham turkman
talabalar bilan birgalikda ishlab, o‘qib va tajriba almashib ko‘plab loyihalar
qilishga bel bog‘lashdi. O‘zbek-Turkman yoshlari kelajakda birlashib, ilm
qilib, birgalikda loyihalar, strat up lar qilib, ikki davlatning nomini dunyoga
yanada tanitishga intilishmoqda. Tez kunlarda Yangi O‘zbekiaston gazetasida ham
shunday maqola chop qildirish niyatimiz bor.
Ushbu amaliyot talabalarimizga yanada motivatsiya
berib, o‘qishga bo‘lgan intilishlari yanada ortdi. Kelajakda shu yoshlar eng
kuchli talabalarimizdan biri bo‘lishiga ishonamiz.