Xalqaro akkreditatsiya masalalari muhokama qilindi
04.06.2026
2026-yil
4-iyun kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Germaniyaning nufuzli
xalqaro akkreditatsiya agentligi - FIBAA (Foundation for International Business
Administration Accreditation) vakillari hamda Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy
agentligi mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda
FIBAA boshqaruvchi direktori Dr. Nina Rotermund, xalqaro akkreditatsiya jarayonlari
bo‘limi rahbari Ms. Yuliia Bleshmud, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi
Strategik rivojlantirish va xalqaro hamkorlik guruhi rahbari R.Abduraxmonova,
bosh inspektor O.Tanbayev, shuningdek universitet rahbariyati va mas’ul
xodimlari ishtirok etdilar.
Muloqot
davomida universitetning ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan
o‘tkazish, ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish,
sifatni ichki ta’minlash tizimini rivojlantirish hamda FIBAA agentligi bilan
hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro akkreditatsiya
jarayonlarining bosqichlari, baholash mezonlari, ta’lim dasturlarining xalqaro
tan olinishi va mehnat bozori talablariga mosligini ta’minlash masalalari
yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv
davomida ta’lim dasturlarining o‘quv rejalari va fan dasturlarini zamonaviy
talablar asosida takomillashtirish, talabalar va bitiruvchilarning
kompetensiyalarini xalqaro mezonlar asosida baholash,
professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini rivojlantirish hamda
ta’lim jarayonida manfaatdor tomonlar, xususan ish beruvchilar bilan
hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek,
universitetda sifat madaniyatini yanada rivojlantirish va xalqaro
akkreditatsiya talablari asosida ta’lim jarayonlarini takomillashtirish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
FIBAA
vakillari tomonidan agentlikning akkreditatsiya talablari, baholash mexanizmlari
va xalqaro tajribasi haqida taqdimot qilinib, ta’lim dasturlarini xalqaro
darajada tan olinadigan sifat standartlariga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar
berildi. Tomonlar kelgusida universitetning tegishli ta’lim dasturlarini
xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish imkoniyatlari hamda bu boradagi hamkorlik
istiqbollarini muhokama qildilar.
Xalqaro
akkreditatsiya ta’lim sifatini oshirish, universitetning xalqaro maydondagi
nufuzini mustahkamlash va bitiruvchilarning global mehnat bozoridagi
raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim omillaridan biridir.